Zangiota tumanidagi 35-sonli maktabga kitob sovg‘a qilgan O‘zLiDeP deputati ushbu ta’lim dargohini qayta ta’mirlab berishni o‘z nazoratiga oldi (+VIDEO)

30.04.2019, 16:13

Zangiota tumanidagi 35-sonli maktabga kitob sovg‘a qilgan O‘zLiDeP deputati ushbu ta’lim dargohini qayta ta’mirlab berishni o‘z nazoratiga oldi (+VIDEO)

Prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan e’tibori doirasida O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi faollari, deputatlar “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya doirasida o‘zlari ta’lim olgan maktablariga kitoblar sovg‘a qilishda davom etmoqdalar.

Xususan, Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi O‘rozali Jo‘rayev tumandagi 35-sonli maktab o‘quvchilariga eng sara badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari hamda ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun qator lug‘at va adabiyotlar sovg‘a qildi.

Bilimlar bayramiga aylangan mazkur tadbirda o‘quvchilar adabiyot va sana’tga qiziqishlari katta ekanligini namoyon etishdi.

Deputat va partiya faollariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan ustozlar, mazkur maktabda o‘quvchilar bilimga chanqoq ekanligini, jumladan 4-sinf o‘quvchisi Nargiza Baxtiyorova yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining ilk she’riy to‘plamini nashr qildirgani, 9-sinf o‘quvchisi Dildora Mansurov esa armrestling sport turi bo‘yicha viloyatda faxrli birinchi o‘rinni olganligi, qolaversa tumanda yagona bo‘lgan badminton sport to‘garagi mavjudligi o‘quvchilarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilganligini ta’kidlashdi.

Tadbir davomida partiya deputatlik guruhi a’zosi O‘rozali Jo‘rayev mazkur ta’lim maskanini ta’mirlash, zamon talablari asosida jixozlash uchun talab etiladigan barcha zaruriy ishlarni amalga oshirishni o‘z zimmasiga oldi va bu bo‘yicha tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi jo‘natdi.

  • Ko'rildi
    1810
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Elbek2020-10-20 12:14:33

Tarifga til ojiz


Fikringizni qoldiring

+