O‘zLiDeP “ALFA MAX ALANCE” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida yoshlar uchun mahorat darsi tashkil etdi

30.04.2019, 16:55

O‘zLiDeP “ALFA MAX ALANCE” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida yoshlar uchun mahorat darsi tashkil etdi

O‘zLiDeP Urgut tuman Kengashi tomonidan “Urgut erkin iqtisodiy zonasi” da  joylashgan “ALFA MAX ALANCE” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ular bandligini ta’minlashning asosi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.  

 Tadbirda qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha boshqaruvchisi Davron Saidmurodov yoshlarni ishlab chiqarish jarayoni, korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun korxonada kuniga 6000 juft paypoq ishlab chiqariladi. Mahsulotlar esa nafaqat ichki bozorda, balki Qozog‘iston va Tojikiston respublikalariga ham eksport qilinmoqda. E’tiborlisi, ayni paytda korxonada 30 yaqin yosh doimiy ish bilan band.

–“Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar avvalo, zamonaviy texnikalardan foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘lishi lozim. Bugungi kunda asosiy katta hajmdagi ish texnika orqali bajariladi. Ularning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, energiya sarf qilishda tejamkor va sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan uskunalarni tanlash tadbirkorning ishini rivojlantirish va faoliyatini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi”, – deydi  D.Saidmurodov.

Tadbirda yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+