Talaba kelin sahnada o‘z qaynonasi bilan bellashdi
30.04.2019, 17:02
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va bir qator tashkilotlar hamkorligida “Farovon oila” loyihasi doirasida “Qaynona ham ona” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Urganch davlat universitetida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Dastlab tanishtiruv shartida har bir ishtirokchi chiqish qilib, kuy-qo‘shiqlar, she’rlar aytib o‘zlarini tanishtirdi.
Tanlovning ikkinchi shartida ishtirokchilar tayyorlab kelgan erkin mavzudagi sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Ushbu shartda ular bugungi kunda dolzarb hisoblangan oilaviy munosabatlar ayniqsa, oiladagi qaynona va kelin munosabatlarini sahna ko‘rinishlarida ifoda etdilar.
Uchinchi shartda esa kelinlarning pazandachilik, alla aytish bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Shundan keyin, kelinlar o‘zlari tayyorlab kelgan sovg‘alarini qaynonalariga tuhfa qildilar.
– Tadbirda ko‘tarilgan masalalar har bir xotin-qiz uchun juda muhim va zarur, – deydi tanlov g‘olibi, universitet o‘qituvchisi Xulkar Atajonova. –Chunki kelinlarning qaynonasi bilan munosabatlari samimiy bo‘lsa, u oilada doim tinchlik-xotirjamlik bo‘ladi. Bugungi sahna ko‘rinishlaridagi dolzarb mavzular ham oilaviy munosabatlarni tartibga solish, qaynona va kelinlarning bir-biriga mehrli bo‘lishlariga xizmat qilishi shubhasiz.
Tanlov yakunida ishtirokchilar O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Musharraf RAHIMOVA,
O‘zLiDeP Xorazm
viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
-
Gulchi opa mahalla xotin-qizlariga o‘z tajribasini ommalashtirdi
24.02.2024, 12:22
Fikringizni qoldiring