Tadbirkorga to‘siq bo‘lmang!

13.12.2017, 16:44

Tadbirkorga  to‘siq  bo‘lmang!

Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasini  katta e’tibor bilan tingladik. Ma’ruzada barcha sohalar qatori tadbirkorlik faoliyati erkinligi, xususiy mulk dahlsizligini ta’minlash bundan buyon ham davlatimiz siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib  qolishi alohida ta’kidlandi.

Ta’kidlash kerak, Namangan shahrida bugungi kunda 10 mingdan ortiq tadbirkorlik sube’ktlari faoliyat yuritmoqda. Ularning yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqish va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi hissasi yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Namanganlik tadbirkorlar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda xaridorgir, balki o‘nlab xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.

Yaqinda shahrimizdagi Orzu massivida “Orzu” kichik sanoat zonasi tashkil etildi. Ushbu hududdan yer maydoni ajratilgan “Hilol totli” mas’uliyati cheklangan jamiyati qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexini qurmoqda, Qiymati 3 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur loyiha 40 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Shuningdek, kichik sanoat zonasida “Porloq tekstil liboslari”, “Avazxon kelajak tekstil servis”, “Axsikent tektil” kabi tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan sexlar bunyod etilmoqda. Demoqchimanki, shahrimizda tadbirkorlarga sharoitlar yaratib berish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

Ammo shu bilan bir qatorda hali ham tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq ayrim muammolar bor. Xususan, litsenziya olish, mahsulotlarni eksport qilish, banklardan kreditlar olish  kabi masalalarda partiyamiz faollari va deputatlarimiz bilan hamkorlikda tadbirkorlarimizga ko‘mak bershimiz kerak. Ayni paytda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining 21 a’zosi bilan Prezidentimiz ma’ruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni, jumladan, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan davlat idoralariga deputatlik so‘rovlari bilan chiqish, bank, soliq, bojxona idoralari mutasaddilarining hisobotlarini eshitish kabi vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldik.

Baxtiyor VOHIDOV,

2-Istiqbol saylov okrugidan Namangan shahar Kengashi deputati,

O‘zLiDeP  deputatlik guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1493
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+