O‘zLiDeP sayyor qabuli: Uchqo‘rg‘onlik M.Shokirova uyli bo‘ldi

01.05.2019, 15:48

O‘zLiDeP sayyor qabuli: Uchqo‘rg‘onlik M.Shokirova uyli bo‘ldi

O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi vakillari va Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputati Ibrohim Xodjiyev tumandagi “Yoshlik”, “Navro‘z” va “Qo‘rg‘oncha” MFY saylovchilari bilan uchrashdi.

Qabulda asosan fuqarolardan uy-joy qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, avtobus qatnovi va tez tibbiy xizmat faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarga oid 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Jumladan, “Yoshlik” MFYda yashovchi M.Shokirova bir necha yillardan buyon boshpanasi yo‘qligi sababli ijarama-ijara sarson bo‘lib turmush kechirayotganligi, oilaviy sharoiti og‘irligi bois uyga muhtojligi borasida yordam so‘rab murojaat qildi. Mazkur masala shu joyning o‘zidayoq ijobiy hal etildi. Tuman hokimligi tomonidan M.Shokirovaga yer ajratib berildi, qolaversa murojaatchining uyini qurib olish imkoniyati yo‘qligi uchun ma’lum qismini ta’mirlashda ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Navro‘z mahallasida yashovchi  60 nafar  fuqarolar Yangihayot ko‘chasini shag‘allashtirish va shu yerning o‘zidan yangi ko‘cha ochish masalasi bo‘yicha  murojat qilishdi. Ushbu murojaat yuzasidan tuman avtomobil yo‘llari korxonasi rahbariga 20 kun muddat ichida shag‘allashtirish ishlarini amalga oshirish borasida ko‘rsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi.

- Maktabimiz mahalladan 3 km uzoqlikda joylashgani bois o‘quvchilar qatnashga qiynalishayotgandi, - deydi Qo‘rg‘oncha MFY fuqarosi M.Dadaboyev. - Bu masala bo‘yicha deputatga murojaat qildik. Mana muammoyimiz hal bo‘ldi, o‘quvchilar uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bundan nafaqat o‘quvchilar, biz ota-onalar ham hursand bo‘ldik.

Muloqot  davomida Qo‘rg‘oncha mahallasida tez tibbiy yordam tashkil etish,  aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muammolari bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushdi. Bu masalalar bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    825
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+