O‘zLiDePning “Sen yurtga keraksan!” loyihasi doirasida 6 nafar dang‘aralik yoshlar ishli bo‘ldi

01.05.2019, 15:51

O‘zLiDePning “Sen yurtga keraksan!” loyihasi doirasida 6 nafar dang‘aralik yoshlar ishli bo‘ldi

O‘zLiDeP tomonidan uyushmagan, tayinli bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik sohasiga jalb etishga qaratilgan “Sen yurtga keraksan!” loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zLiDeP Dang‘ara tuman Kengashi tomonidan tumandagi “Imkon” xususiy ishlab chiqarish korxonasida ushbu loyiha doirasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda "Imkon" xususiy ishlab chiqarish korxonasi, "Mukammal mebel" mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Sodiqjon” naslchilikka ihtisoslashgan fermer xo‘jaligi vakillari, deputatlar va yoshlar ishtirok etishdi. Tajribali tadbirkorlar tomonidan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, bugungi kunda tadbirkorlikka berilayotgan imtiyozlar va yangi qabul qilingan qonun hujjatlari to‘g‘risida mahorat darslari tashkil etildi.

Mazkur tadbirning amaliy natijasi sifatida partiyaning faollari rahbarlik qilayotgan "Imkon" xususiy korxonasiga 3 nafar, "Mukammal mebel" MChJga 2 nafar, "Sodiqjon" naslchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga 1 nafar uyushmagan yoshlar ishga joylashtirildi.

“Partiya tomonidan tashkil qilingan ushbu loyihada ishtirok etish orqali “Imkon” xususiy ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qilindim. Bundan juda xursandman va albatta partiya faollariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Kelgusida partiyaning faol a’zolaridan biri bo‘laman”, - deydi Obidjon Madg‘oyipov.

Shuningdek, loyiha yakunida 10 nafar yoshlar Partiya safiga qabul qilindi. Ushbu loyiha viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    228
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+