O‘zLiDeP deputatlari: jamoat ishlarida ishlagan fuqarolarga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmasligi bo‘yicha haqli e’tirozlar bo‘lyapti

01.05.2019, 15:55

O‘zLiDeP deputatlari: jamoat ishlarida ishlagan fuqarolarga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmasligi bo‘yicha haqli e’tirozlar bo‘lyapti

Sharof Rashidov tuman Bandlikka ko‘maklashish markaziga joriy yilning 1-choragi davomida fuqarolar tomonidan jami 1002 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 322 tasi ish bilan ta’minlangan, jamoat ishlariga 640 nafar fuqaro jalb etilgan. Ushbu murojaat qilgan fuqarolardan 40 nafari kasbga o‘qitish markazlariga yuborildi, 56 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.

Bu haqda xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018 yil 14 iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va qarorga asosan ishlab chiqilgan Bandlik dasturining bajarilishi yuzasidan Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari G‘ayrat Haydarovning hisoboti eshitildi.  

Ushbu markaz tomonidan tuman hududidagi korxona va tashkilotlar tomonidan 2019 yilda jami 422 ta kvota ish o‘rinlari yaratilishi hisobiga joriy yilning 1-choragi davomida 64 nafar fuqaro kvota ish o‘rinlari hisobidan ishga joylashtirildi, - deydi tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari G‘ayrat Haydarov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tasdiqlangan ish-reja asosida tuman va shaharlarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari idoralarida Bandlikka ko‘maklashish markazining ishga joylashtirish inspektorlari burchaklari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu burchakda hududga biriktirilgan inspektor to‘g‘risida hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari mumkin. Qolaversa, ushbu tasdiqlangan ish-rejaga muvofiq mahalla fuqarolar yig‘inlarida ishga joylashtirish kunlari tashkil etilmoqda. Shu bilan birgalikda hududlarda shakillantirilgan kam ta’minlangan oilalar to‘g‘risidagi ro‘yxat asosida ushbu oilalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni birinchi navbatda o‘zlarida mavjud bo‘lgan tomorqalardan unumli foydalanish, hozirgi kunda banklar tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar, ularga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar va mavjud yo‘nalishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib borilyapti.

Tuman Banlikka ko‘maklashish markazi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar bugungi kunda tizimda yaratilgan maxsus Bandlik dasturi orqali nazorati olib borilmoqda. Ushbu dastur orqali markazda ishlovchi xodimlar tomonidan amalga oshirilgan barcha vazifa va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha monitoring olib boriladi va natijasi asosida ish jarayonida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlar belgilangan tartibda intizomiy jazolarga tortiladi.

Yig‘ilish davomida Sharof Rashidov tumani bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari G‘.Haydarovning bergan axboroti bo‘yicha deputatlar tomonidan joylarda Bandlik dasturiga asosan ishsiz bo‘lgan fuqarolarning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning haqiqiy holati o‘rganildi. O‘rganish natijasida jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarga ish xaqi berish uchun tabel tasdiqlanishida muammolar yuzaga kelayotganligi va natijada jamoat ishlarida ishlagan fuqarolarning ish haqlari o‘z vaqtida berilmayotganligi va bu fuqarolar o‘rtasida haqli e’tiroz va noroziliklarni keltirib chiqarayotganligi aniqlandi.

Jamoat ishlariga jalb qilingan fuqaroga ish xaqi berish uchun fuqaro ishlagan hudud mahalla raisi ishchilarning haqiqatda ishlaganligini tasdiqlashi kerak va ma’lumot taqdim etishi lozim. Jamoat ishiga jalb qilingan fuqarolar sonining ko‘pligi sababli mahalla raisi ularning barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib ishlaganligi holatiga to‘liq ishonch hosil qilolmayotganligi oqibatida jamoat ishlarida ishlagan fuqarolarga ish haqi to‘lanishida sansolarliklar yuzaga kelmoqda.

Yig‘ilishda partiya deputatlik guruhlari tomonidan bu kabi tushunmovchiliklarni oldini olish, yechim topish maqsadida tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilish borasida taklif bildirildi.

Olim Norjigitov

O‘zLiDeP Jizzaxt viloyat Kengashi

Deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+