18 BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

01.05.2019, 16:40

18 BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashi qoshida faoliyat yuritayotgan 79 quyi bo‘g‘in 3 ming 592 nafar a’zolarni o‘z safiga jipslashtirgan. Hozirga qadar mazkur tayanch nuqtalarning 27 tasida hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash kerak, o‘tkazilgan yig‘ishlar davomida boshlang‘ich partiya tashkilotlarining o‘tgan yilgi faoliyati sarhisob qilinib, ishonchni oqlagan 18 quyi bo‘g‘in yetakchisi o‘z lavozimida qoldi. Qolgan 9 BPT raisi o‘rniga siyosiy jihatdan yetuk, faol va tashabbuskor yetakchilar saylandi.                        

–Hisobot-saylov yig‘ilishlarida quyi bo‘g‘inlarning 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash, BPT raisi va uning o‘rinbosarini saylash, partiya a’zolarini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor qaratildi, – deydi O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashi apparat rahbari Ilhomjon Qayumov. – Shuningdek, tayanch nuqtalar uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatini jonlantirish masalalariga ham jiddiy ahamiyat berildi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda tumandagi qolgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    737
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+