O‘zLiDeP rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

03.05.2019, 10:02

O‘zLiDeP rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan birgalikda Termiz shahri Mehrobod mahallasida yashovchi Said ota To‘rayev xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi.

Suhbat va muloqotlar davomida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Said ota To‘rayev yig‘ilganlarga urushning zahmatli, og‘ir mashaqqatli kunlari haqida so‘zlab berdi. O‘z navbatida, O‘zLiDeP rahbari Said otaga partiyaning qimmatbaho sovg‘alarini taqdim etdi.

Shu kuni partiya vakillari Termiz tumanidagi “Quyoshli yurt” mahallasida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Norqo‘chqor Yo‘ldoshev hamda “Do‘stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Kenja bobo Sultonovlar xonadonida ham bo‘ldi.

–1942 yilning ayni bahor paytida frontga ketdim. Urushda dushman bilan jang qilib, chap oyog‘im va chap qo‘limdan og‘ir yaralandim. Shu sabab, 1944 yilning qish faslida uyga qaytib keldim, – deydi Kenja ota Sultonov.

Ta’kidlash kerak, viloyatdagi barcha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga partiya viloyat, tuman, shahar kengashlarining qimmatbaho sovg‘alarini topshirish marosimlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+