O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Namangandagi “Art soft tex” korxonasida BPT tashkil etildi

03.05.2019, 15:25

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Namangandagi “Art soft tex” korxonasida BPT tashkil etildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” Namangan shahridagi “Art soft tex” MChJda uchrashuv tashkil qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, deputatlar, partiya faollari ushbu korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, u yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan dildan suhbatlashildi.

Ushrashuvda ayollarning jamiyatdagi roli va mavqeini oshirish,  ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish, bandligi ta’minlash masalalari haqida so‘z yuritildi. Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va aynan shu sohalarda ayollarni ham faol mehnat qilayotganligi alohida e’tirof etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, zamonaviy tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxona 2019 yil fevral oyida o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni paytda korxonada 300 nafardan ortiq xotin-qizlar mehnat qilmoqda. Hozirda korxona tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, 2019-2021yillarda klaster tizimiga o‘tishni rejadashtirmoqda.

“Klaster tizimiga o‘tganimizdan so‘ng, issiqxona, chorvachilik, fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi, omuxta yem, yog‘ ishlab chiqarish, paxta tozalash zavodi, paxta chigitini qayta ishlash va sifatli urug‘ yetishtirish, don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari qurilib, ishga tushiriladi. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida 20 mingdan ziyod aholining ish bilan bandligi ta’minlanadi”, - deydi korxona rahbari Olim Babaxanov.

Uchrashuv natijasida “Art soft tex” korxonasi ishchilaridan 25 nafari partiya a’zoligiga qabul qilinib, boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Husnida IMINJONOVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    256
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+