O‘zLiDeP ko‘magida to‘rtko‘llik 47 nafar yosh yigit-qizlar ishli bo‘ldi

03.05.2019, 15:28

O‘zLiDeP ko‘magida to‘rtko‘llik 47 nafar yosh yigit-qizlar ishli bo‘ldi

O‘zLiDeP To‘rtko‘l tuman Kengashi tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda “Ishga marhamat” aksiyasi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil qildi.

Ushbu mehnat yarmarkasiga ishsiz fuqarolar bilan birgalikda kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu mehnat yarmarkasidan ko‘zlangan asosiy maqsad, eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan aholini ish bilan ta’minlash, ayniqsa ayollar va yoshlarning bandligini ta’minlash,  ularni kasbga, tadbirkorlikka yo‘naltirishdan iborat.

To‘rtko‘l maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan yarmarkada 65 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etib, shu yerning o‘zida 47 nafar yosh yigit-qizlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Eng quvonarlisi ushbu ishga joylashgan xotin-qizlar va yoshlarning aksariyati partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar rahbarlik qilib kelayotgan korxonalar va fermer xo‘jaliklarida faoliyat yuritishadi.       

O‘zLiDePning ushbu aksiyasi boshqa hududlarda ham davom etadi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1068
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Asirbek2019-11-28 13:57:53

UzLidepning yoshlarni ish bilan taminlash boyicha ishlari, akciyalari yoshlarni ish bilan taminlash , shaffoflikda o'tishi albatta quvonarli. Bunday ishlar Nukus tumanida ham olib borilishini istardik.


Fikringizni qoldiring

+