“Tinchlikning qadriga nima yetsin”

06.05.2019, 09:29

“Tinchlikning qadriga nima yetsin”

To‘raqo‘rg‘on tumani “Katta Qurama” mahallasida yashovchi Ikromjon ota Umurzoqovning umr bahori ayni urushning qonli kunlariga to‘g‘ri keldi. 20 yoshida urushga ketgan otaxon urushdan qaytgach, tinmay mehnat qildi. Ayni paytda farzandlari, nevara va chevaralari ardog‘ida tinch, osuda hayot kechirmoqda.

O‘zLiDeP To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi faollari hamda mahalliy kengash deputatlari 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikromjon ota xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi.

Ikromjon ota ularga askarlik davrida ko‘rgan-bilganlari va urushdan keyingi tiklanish yillari bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdi.

–Tinchlikning qadriga nima yetsin! Urush necha-necha oilalarni yostig‘ini quritdi, ko‘plab bolalar yetim, ayollar beva bo‘lib qoldi. Eng yomoni, urushdan qaytgan askarlarning ko‘pchiligi og‘ir yaralanib nogiron bo‘lib qoldilar, – deydi Ikromjon ota.

Uchrashuv yakunida partiya faollari tomonidan otaxonga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    759
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+