O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov jizzaxlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi (foto)

06.05.2019, 11:04

O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov jizzaxlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi (foto)

Mamlakatimizda ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini e’zozlash, o‘tganlar ruhini shod etish hamda yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan nuroniy otaxonlarimizga mehr-oqibat ko‘rsatish o‘ziga xos an’anaga aylangan.

Shu bois, bugun Prezidentimizning 2019 yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda O‘zLiDeP vakillari ham faol ishtirok etayotganini alohida ta’kidlash joiz.

Xususan, O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi partiya vakillari hududlarda bo‘lib, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olmoqda. Partiya yetakchisining navbatdagi tashrifi Jizzax shahridagi “Qassoblik” mahallasi “M.Ulug‘bek” ko‘chasi 33-uyda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xolmat ota Sharipov xonadoni bo‘ldi.

Samimiy suhbat va muloqotlar davomida O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ bayram – Xotira va qadrlash kuni bilan Xolmat otani chin dildan tabrikladi. Otaxon esa  yig‘ilganlarga ikkinchi jahon urushida ko‘rgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi.

“Shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga shukr! Urushda ko‘p qiyinchiliklar ko‘rdik. Ming-minglab oilalar o‘z boquvchisidan ajraldi, go‘daklar yetim qoldi. 60 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz nogiron bo‘lib qaytishdi. Men ham urushda og‘ir yaralanib, 1-guruh nogironi bo‘lib qoldim”, – deydi  Xolmat ota.

Shu kuni partiya vakillari “Olmazor” mahallasi “S.Raximov” ko‘chasi 89-uyda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Abdujalil ota  Abdujabborov xonadonida ham bo‘lishdi. Muloqotlar chog‘ida otaxon urushning zahmatli, og‘ir mashaqqatli kunlarini eslab, hozirgi hotirjamlik kunlarimiz oliy nemat ekanligini uqtirdi. 

Uchrashuvlar yakunida O‘zLiDeP rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

                                                                        O‘zLiDeP Jizzax viloyat

                                                                        Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1471
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Асилабону Султонова O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Мафкуравий тарғибот-ташвиқот ишлари бўлими мудири2019-05-06 11:50:33

Иккинчи жаҳон урушида ҳалок бўлган минглаб юртдошларимиз хотирасини ёд этиш, оловли жанг майдонларидан омон қайтган боболаримизга, фронт ортида оғир кунларни сабр-бардош билан енгган аждодларимизга меҳр-оқибат кўрсатиш хар биримизнинг муқаддас бурчимиз. Эндиги асосий вазифамиз эса,Иккинчи жаҳон урушининг аянчли оқибатларини унутмаган холда, ёшларимизни хозирги тинч ва осуда ҳаётнинг қадрига етишга, Ватанга садоқат ҳисси билан яшашга, шунингдек, тарихий хотирага садоқат руҳида тарбиялашга хизмат қилишдан иборат....


Fikringizni qoldiring

+