Yosh tadbirkor I.Berdimuratov Kegeyli va Nukus tumanlaridagi uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlamoqchi

06.05.2019, 14:47

Yosh tadbirkor I.Berdimuratov Kegeyli va Nukus tumanlaridagi uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlamoqchi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishda – O‘zLiDePning roli” mavzusida amaliy muloqot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish, ularning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun partiya tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan tizimli amaliy ishlar yuksak samara bermoqda.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri A.Shrazovning ma’lum qilishicha, o‘tgan davr mobaynida “Yosh mulkdor – yurt tayanchi”, “Start up”, “Yosh fermer” kabi  partiyaviy loyihalar doirasida chekka-chekka hududlarda tashkil etilgan master-klasslar natijasida tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar safi kengayib, ularning ko‘pchiligi o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishgan.

–Kasb-hunar kollejini tamomlagach, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qaror qildim, – deydi yosh tadbirkor I.Berdimuratov. – Dastlab tajribali ustalarga shogird tushib, zamonaviy, arzon va sifatli temir eshik, darvoza va panjaralar yasashni o‘rgandim. Hozir mustaqil ravishda o‘z faoliyatimni davom ettiryapman. Mahsulotlarim juda xaridorgir. Shu bois, kelgusida Kegeyli va Nukus tumanlarida ham faoliyatimizni yo‘lga qo‘yib, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlamoqchimiz.

Tadbirda yoshlarga tadbirkorlikni boshlash, xaridorgir va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishda ko‘proq nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1099
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Asirbek2019-11-28 13:51:04

Tadbirkorlik juda rivojlangan soha. Biz albatta yoshlarni tadbirkorlikka boshlashimiz kerak. Berdimurotov ishlarida omad.


Fikringizni qoldiring

+