O‘zLiDeP sayyor qabuli: 4-sektor rahbari B.Ismoilov nurobodliklarning muammosini hal qilib berishga va’da berdi

06.05.2019, 14:50

O‘zLiDeP sayyor qabuli: 4-sektor rahbari B.Ismoilov nurobodliklarning muammosini hal qilib berishga va’da berdi

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi hududdagi “Bunyodkor” va “Arabota” mahallalari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolarga javob olish imkoniga ega bo‘ldi. Shu kuni murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga tavsiyalar berildi.

Jumladan, Arabota mahallasida istiqomat qiluvchi Xushvaqtov Pardaboy nogironligi bo‘lgan fuqarolarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyozlari yuzasidan bildirgan fikriga davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Tuychiyev Orif atroflicha tushuncha berib o‘tdi. Agar nogironligi bo‘lgan soliq to‘lovchining nomida mol-mulk bo‘lsa ushbu fuqaroga soliq imtiyozlari qo‘llanishi mumkin, qolgan oila a’zolarining nogironligi uchun umumiy soliq imtiyozlari qo‘llanilmasligi to‘g‘risida ma’lum qildi.

Shuningdek, fuqaro Ibragimov Azamat so‘zga chiqib qishloqdagi 73-umumta’lim maktab binosi avariya holatida ekanligi, maktab hududini mavsumiy yomg‘irlarning bu yil me’yordan oshib ketishi natijasida toshqinlar sodir bo‘lganligi, maktab hududi sel kelishi oqibatida zarar ko‘rganligi va maktabga olib boradigan ko‘prik qurish yuzasidan murojaati eshitildi.

Fuqaro Tulayev Shavkat telefon aloqa xizmatining pastligi natijasida shoshilinch tez-tibbiy yordam xizmatidan foydalanish va chaqirishda, telefon orqali gaplashishda qiyinchiliklar tug‘dirayotganligini bildirib o‘tdi.

Arabota MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro Faxriddin Turdiboyev elektr simyog‘ochlarning avariya xolatida ekanligi, yangi beton ustunlarga almashtirish kerakligi yuzasidan murojaati tinglandi.

64-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Dusmurod Astanov maktab binosidan sport zali qurish, bundan tashqari Tim-Sepki-Kattaqurg‘on-Samarqand avtomobil yo‘nalishida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish ehtiyoji mavjudligi yuzasidan murojaat qildi.

Ushbu sayyor qabulda ishtirok etgan 4-sektor rahbari B.Ismoilov ushbu ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganib chiqib, muammoni tegishli tashkilotlar orqali ijobiy hal etishligini bildirdi.

Partiya deputatlik guruhlari tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov chiqarishligi borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Sayyor qabul davomida shuningdek, aholining tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish va tadbirkorlikka jalb etish maqsadida mutasaddilar bilan birgalikda tadbirkorlik mavzusida alohida tadbirlar tashkil etishga kelishib olindi.

Sayfiddin RASULOV,

 Xalq deputatlari Nurobod tuman

Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik

guruhining ijrochi kotibi

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    850
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев2019-05-20 21:51:23

4 сектор раҳбари Б.Исмоиловнинг бирор-бир муаммони ҳал этгани ёки ҳал этилишига кўмаклашганини ҳали кўрмадик.


Fikringizni qoldiring

+