O‘zLiDeP faollari olmazorlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonida bo‘ldi

06.05.2019, 14:53

O‘zLiDeP faollari olmazorlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonida bo‘ldi

O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi xodimlari Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Zaynutdin Abrorov bilan birgalikda tumandagi “Guruch ariq” mahallasida yashovchi Aminjon ota Aminov xonadoniga bordi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Aminjon ota ularga askarlik davrida ko‘rgan-bilganlari va urushdan keyingi tiklanish yillari bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdi.

–Shukrki, bugun farzandlarim, nevaralarim ardog‘ida tinch, osuda hayot kechiryapman. Shunday tinch, dorilomon kunlarda Prezidentimiz tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilayotganimizdan bexad mamnunman. Bularning barchasi yoshimizga yosh qo‘shmoqda, – deydi Aminjon ota.  

Tashrif chog‘ida O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Z.Abrorov otaxonga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

M.O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    886
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+