O‘zLiDeP deputati quvasoylik yoshlarga “Usta shogird” an’anasi asosida biznesini boshlashiga ko‘maklashmoqda

06.05.2019, 14:55

O‘zLiDeP deputati quvasoylik yoshlarga “Usta shogird” an’anasi asosida biznesini boshlashiga ko‘maklashmoqda

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘maklashish borasida partiya deputatlik guruhi a’zolari ham o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Azizbek Qasimov “Usta shogird” an’anasi asosida ko‘plab yosh tadbirkorlarni kashf qila olgan.

Deputat ko‘magida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar hozirda “Munis Fayzli Mebellari”, “Kuvasay OIL Invest”, “GS Home”, “ASL GRAND OIL”, “Quvasoy Furqat savdo”, “Abbosxon servis plyus”, “Amir Brend Textil”, “Beautifull Dreams is Real” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini boshqarib kelmoqda.

Deputat tomonidan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha mahorat darslarini tashkil qilish bilan bir qatorda ularning startap loyihalarini ham qo‘llab-quvvatlab kelyapti.

- Tajribali tadbirkor Azizbek akadan tadbirkorlikning ko‘p sir-asrorlarini o‘rgandik. Ustozimizning sa’y-harakati bilan “Beautifull Dreams is Real” MChJ faoliyatini yo‘lga qo‘yib, korxonamizda 20 nafardan ortiq hududdagi ishsiz yoshlar, ayniqsa ishsiz ayollar mehnat qilib kelmoqda, - deydi yosh tadbirkor D.Raxmonyorov.

Ta’kidlash kerakki, O’zLiDeP vakillari keyingi faoliyatida ham aholini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish va ularning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga jiddiy e’tibor qaratadi. Zero, tadbirkor ko‘paysa yoshlar ishli bo‘ladi, xalq boy bo‘ladi.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    912
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+