Xotira aziz – qadr muqaddas
06.05.2019, 14:57
O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi hududdagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, 2000 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib o‘tgan janglarda ko‘plab mard o‘g‘lonlarimiz halok bo‘lgan. Ular orasida ushbu maktabda tahsil olgan serjant Dilshod Asanov ham bor edi.
Tadbirda mardlik va jasorat na’munasi bo‘lgan D.Asanovning oila a’zolari ham taklif etilib, ularga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
–Fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan minglab vatandoshlarimizning so‘nmas xotiralarini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish – biz uchun ham qarz, ham farzdir, –deydi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tavakkaljon Ismoilov. – Chunki ular qonli jang maydonlarida mardlik ko‘rsatib, front ortida mehnat qilib tinchlik uchun kurashdi.
Tadbirda harbiy ta’limga ixtisoslashtirilgan “Turon patriot” nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan klassik qo‘shiqlar barchada katta taasurot qoldirdi.
Abror OTABOYEV,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi mas’ul xodimi
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
Byudjet mablag‘lari hisobidan ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim
25.04.2024, 11:46
-
Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
Fikringizni qoldiring