Samarqandlik deputatimiz mehnat faxriylari holidan xabar oldi
06.05.2019, 15:18
Samarqand tumani “Andijoniy” mahallasida yashovchi xalq ta’limi a’lochisi Patti aya Xolova qariyb 40 yil hududdagi 39-sonli maktabga o‘quvchilarga dars berdi. Ayni paytda u farzandlari, nevara va chevaralari ardog‘ida keksalik gashtini surmoqda.
O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi raisi, xalq vakili Abudujabbor Umarov 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Patti aya xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi.
–“Dunyoda eng ulug‘ kasb qaysi?” desalar hech ikkilanmay “o‘qituvchilik” deb javob beraman. Chunki bu kasb bog‘bondek gap. Bog‘bon daraxtlari hosilga kirganda qanday suyunsa, o‘qituvchi ham shogirdlari muvafaqiyatidan shunday xursand bo‘ladi. Men bugun shogirdim A.Umarovning erishgan yutuqlari bilan faxrlanaman, – deydi P.Xolova.
Mehnat faxriysi, 90 yoshli Nasrullo Narzullayev ham ko‘p yillar davomida yoshlarga saboq bergan.
–Yurtimizdagi barcha o‘zgarishlar, taraqqiyot tinchlik tufaylidir. Doim duoga qo‘l ochganda, Vatanimizga tinchlik-osoyishtalik so‘rayman. Farzandlarimiz, shogirdlarimiz, yoshlarimiz yaratilgan shart- sharoitlardan oqilona foydalanib, yurt ravnaqi uchun xizmat qilsin, – deydi N.Narzullayev.
Ta’kidlash kerak, deputat shu kuni mehnat faxriysi, mirishkor dehqon Abdulxafiz Rahmonov xonadonida ham bo‘lib, otaxonga esdalik sovg‘alar tuhfa qildi.
Baxtigul QARShIYEVA,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
Fikringizni qoldiring