O‘zLiDeP vakillari urganchlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga esdalik sovg‘alarini topshirdi

07.05.2019, 15:57

O‘zLiDeP vakillari urganchlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga esdalik sovg‘alarini topshirdi

Urganch shahri “Xonqa” ko‘chasi 90-uyda yashovchi Jobbergan ota Qalandarov bu yil 98 yoshga to‘lib, keksalik gashtini surib yurgan faxriylardan. Otaxonning aytayotgan so‘zlari avlodlar uchun ibrat maktabi.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi va Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat bo‘limi vakillari 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Jobbergan ota xonadoniga bordi. Tashrif davomida partiya vakillari otaxonga o‘z samimiy tilaklarini bildirib, ular bilan dildan suhbat qildi.

Urganch shahrida keksalik gashtini surayotgan Ollabergan ota Xudoyberganov ham ayni bahorda 94 yoshni qarshi oldi. Uning duosini olish, bayram bilan qutlash maqsadida xonadoniga kelgan partiya vakillariga  otaxon ezgu niyatlarini bildirdi.

 “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga ham 74 yil bo‘ldi. Ammo eslasang, kechagina o‘sha mudhish voqealar yuz bergandek ko‘z oldingda gavdalanadi. Yaratganga shukr, bizga shunday dorilomon kunlarni ko‘rish nasib etdi. Ilohim, tinchligimizga ko‘z tegmasin!”, – deydi  Ollabergan ota.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sobirjon ota Qurbonov ham bugungi dorilomon kunlardan bexad mamnun. Oilasi davrasida tinch, osuda hayot kechirmoqda.

 “Prezidentimizga rahmat, har yili bayram arafasida bizni pul mukofotlari, sovg‘a-salomlar bilan siylaydi. Mana, bu yil ham 7,5 mln. so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandik. Bunday yuksak ehtirom va e’tibordan juda mamnunmiz. Har doim qo‘limiz duoda – Vatanimiz osmoni abadiy musaffo bo‘lsin!, – deydi Sobirjon ota.

 Uchrashuvda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nilufar DJABBAROVA,

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    768
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+