“GM Uzbekistan”AJ Xorazm viloyat filialida mini-futbol bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi

07.05.2019, 17:35

“GM Uzbekistan”AJ Xorazm viloyat filialida  mini-futbol bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi

“GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyat filialida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi.

Unda Hazorasp tuman hokimligi, “Khorezm Auto”, “GM Labo”, O'zLiDeP tuman Kengashi, tuman Yong‘in xavfsizlik va Qo‘riqlash xizmati, 55159-sonli harbiy qism vakillaridan iborat 10 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

–Musobaqa murosalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Bu kabi xotira turnirini jamoamiz bilan har yili o‘tkazamiz. Mazkur sport musobaqasi esa jamoalar soni va ularning salohiyati bilan ayniqsa, qiziqarli bo‘ldi. Aytish joizki, bu kabi musobaqalar yoshlarni ota-bobolarni hurmat qilishga va ulardek madr bo‘lishga undashi shubhasiz, – deydi “GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyati filiali qoshidagi BPT raisi, xalq vakili Ilxom Durdiyev.   

Murosasiz kechgan bahslarda 55159-sonli harbiy qism jamoasi 1-o‘rin, tuman Yoshlar Ittifoqi jamoasi 2-o‘rin, “GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyati filialining “Khorezm Auto” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan dimlom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ulug‘bek MATKARIMOV,

“GM Uzbekistan”

AJ Xorazm viloyati

filiali direktori,

O'zLiDeP faoli

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1764
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+