Kegeylilik deputatlarimiz mansabdor shaxslar hisobotidan qoniqdi

08.05.2019, 13:47

Kegeylilik deputatlarimiz mansabdor  shaxslar hisobotidan qoniqdi

Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar tuman moliya bo‘limi o‘rinbosari A.Allambergenovning hisobotini tingladi.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman budjet daromadlarining 2019 yilning 1 choragi bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 8 684, 0 mln. so‘mni tashkil qilib, 12 025,6 mln. so‘m ortig‘i yoki 138,5 foizga bajarilgan. Bu 967,7 mln. so‘mga ko‘p demakdir.

–Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi 445- sonli qaroriga muvofiq, tuman mahalliy budjetiga qo‘shimcha daromadlar tarmoqlarini izlab topish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi, – deydi  A.Allambergenov. – Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘ining to‘liq to‘lanishini monitoring qilish natijasida joriy yilning 1-choragi davomida 1024 jismoniy shaxslardan 20 nafari soliq bazasida yo‘qligi aniqlandi va tuman davlat soliq inspeksiyasi bazasiga kiritildi. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida mahalliy budjetga 3 mln. 773 ming so‘m qo‘shimcha daromad tushirildi.

Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman investitsiya bo‘limi o‘rinbosari B.Bayjanovning axboroti ham eshitildi. 

–Joriy yilda tumanda 39 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 908 yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan, – deydi  B.Bayjanov. –Xususan, sanoat sohasida 21 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 786, xizmat ko‘rsatish sohasida 18 ta loyihani hayotga tatbiq etish evaziga 122 yangi ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda deputatlik guruhi vakillari mansabdor shaxslarning hisoboti bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шарипова Дилбар Худайбергеновна Элликқалъа тумани Кенгаши аппарат рахбари2019-05-21 18:37:28

Жорий йилда туманда 39 та инвестиция лойиҳаларидан 21 та лойиҳани амалга оширилган колган 18 та лойиҳани хам ўз вақтида ҳаётга татбиқ этилса жуда яхши булар эди 122 нафар ишчи иш билан таминланади.Туманда тадбиркорларга купрак инвестиция лойиҳаларини киритишда ва уни амалга оширишда амалий ёрдам берилса тўғри маслахатлар бериб барилса бугунги кун талаблари даражасида ташкил эта олади.


Fikringizni qoldiring

+