“Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas!”

08.05.2019, 15:01

“Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas!”

OʻzLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi 12-sonli MTMda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazdi. 

Unda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarini bayram bilan qutlab, mamlakatimizda o‘tganlar ruhini shod etish, keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylanganini e’tirof etdi.

–Bog‘chamizda har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi, – deydi 12-sonli MTM rahbari Sayyora Egamova. – Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida bugungi tinch va osuda kunlarga yetishishimizga sababchi bo‘lgan nuroniylarimizga nisbatan fahr, mehr-oqibat, insoniylik, bag‘rikenglik, xayr-saxovat va Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida jajji bolajonlar tomonidan namoyish etilgan Vatan madhini tarannum etuvchi qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari bayram kechasiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

 

  • Ko'rildi
    1480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+