O‘zLiDeP yoshlarni “Chimboy Don” MChJ faoliyati bilan tanishtirdi

10.05.2019, 06:33

O‘zLiDeP  yoshlarni “Chimboy Don” MChJ  faoliyati bilan tanishtirdi

O‘zLiDeP Chimboy tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi baland bo‘lgan hamda o‘z biznesini boshlash istagida yurgan yoshlar uchun “Chimboy Don” MChJga sayohat uyushtirdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning sohaga oid bilim va malakasini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda yoshlar bandligini ta’minlashdan iborat.

Dastlab korxona ish boshqaruvchisi T.Orazimbetov yoshlarni korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar  bilan yaqindan tanishdi. Bo‘g‘doy unini tayyorlash jarayoni, har bir qurilmaning bajaradigan vazifalari haqida yoshlarga ma’lumot berdi.

–2014 yilda o‘z faoliyatimizni boshlaganmiz, – deydi T.Orazimbetov. –Korxona Ukraina texnologiyalari asosida jihozlanib, 30 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Ayni paytda kuniga 50 tonna bug‘doyni qayta ishlab, oliy va birinchi navli un, bir necha turdagi un mahsulotlari ishlab chiqaryapmiz. Mahsulotlarimiz Qorao‘zak, Chimboy va Taxtako‘pir tumanlarida xaridorgir.

Uchrashuvda partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 25 nafar ishchi-xodim O‘zLiDeP safiga qabul qilindi. 

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati  

  • Ko'rildi
    777
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+