F.Isaqova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Mingbuloq tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

13.05.2019, 16:51

  F.Isaqova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining  Mingbuloq tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

O‘zLiDeP Mingbuloq tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda hududdagi 20 nafar faol ishbilarmon va tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tanlovda ishtirokchilar o‘zining ishlab chiqargan mahsulotlari, ayollar, kelinlar va bolalar liboslari, zardo‘zlik, hunarmandlik va zargarlik buyumlari ko‘rgazmasini namoyish etdi. Hakamlar hay’ati esa ularni tanlov shartlariga muvofiq tarzda baholab borishdi.

– 2010 yildan buyon kashta tikaman. 2017 yilda esa “Xalq banki” Mingbuloq tuman filialidan 12 mln. so‘m miqdorida kredit olib, tadbirkorlik faoliyatimni boshladim, – deydi tanlov g‘olibi Farida Isaqova. – Ayni paytda yostiq jildlari, do‘ppi va sumkalar ishlab chiqaryapmiz. Qo‘l ostimizda 10 nafar xotin-qiz mehnat qilyapti. Mahsulotlarimizni nafaqat viloyatimizga, balki Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga ham sotyapmiz.

Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkor Farida Isaqova 1-o‘rin, “Ishonch” MChJ rahbari Qoriyaxon Qodirova 2-o‘rin, “Zarina faishon” MChJ rahbari Gulnoza Xotamova esa 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Tanlovda shuningdek, “Zamonaviy tadbirkor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol” hamda “Tashabbuskor ayol” nominatsiyalari  bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1004
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+