O‘zLiDeP oqdaryolik tadbirkor xonadonida mahorat darsi tashkil etdi

13.05.2019, 16:55

O‘zLiDeP oqdaryolik tadbirkor xonadonida mahorat darsi tashkil etdi

O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini “O‘zbekiston” ko‘chasida yashovchi oilaviy tadbirkor Buvirajab  Xushvaqtova xonadonida mahorat darsi tashkil etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, B.Xushvaqtova mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanib bundan 7 yil avval oilaviy kasanachilikni yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda buyurtma asosida oilaviy ko‘rpa, yostiq va yosh kelinlar uchun turli xil to‘y liboslari tikib kelmoqda.

–Faoliyatimni boshlashdan oldin menga “Tadbirkorlikni bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotganlar ko‘p, yaxshisi siz boshqa yo‘nalishda ish boshlang” degan kishilar ko‘p bo‘lgan, – deydi B.Xushvaqtova. Ammo men bu sohaga juda qiziqqanim va buyurtmalarga turli yangiliklar qilganim sababli bozorda o‘rnimni topdim. Axir xalqimizda “Qalovini topsang qor ham yonadi” degan naql bor. Oddiy suzma, qatiq, qurit tayyorlash bo‘yicha ham oilaviy tadbirkorlikni boshlasa bo‘ladi. Buning uchun inson halol va mehnatsevar bo‘lishi kerak, xolos.

Ta’kidlash kerak, bugun B.Xushvaqtovaning tumanda o‘nlab shogirdlari bor. Tadbirkor ularga tikuvchilikning sir-asrorlarini o‘rgatishdan hech charchamaydi.

 Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+