Xo‘jaylida O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini soni bittaga ortdi
13.05.2019, 17:04

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Xo‘jayli tumanida joylashgan “Avtoservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga sayohat uyushtirdi.
Bundan ko‘zlangan maqsad – elektorat bilan ishlash tizimini yanada jonlantirish, partiya safiga yangi a’zolarni jalb qilish, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ib etish, tadbirkorlar bilan ko‘proq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglashdan iborat.
–Dastlab “Har bir oila – tadbirkor” Dasturi doirasida “Hamkor bank” tuman filialidan 700 mln. so‘m miqdorida kredit oldik. Shundan so‘ng qurilish ishlarini boshladik. 2018 yil sentabr oyidan esa korxonamiz to‘liq ishga tushdi, – deydi “Avtoservis” MChJ rahbari I.Xodjanov. – Ayni paytda avtomashinalarga sifatli texnik xizmatlarni ko‘rsatib kelyapmiz. Buning uchun 11 nafar kollej bitiruvchisi doimiy ish bilan band. Qolaversa, sartaroshxona va oziq-ovqat do‘konlari ham aholi xizmatiga shay.
Shuningdek, uchrashuv va samimiy muloqotlar davomida korxona ishchi-xodimlariga partiya maqsad va vazifalari haqida kengroq ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv so‘ngida 11 nafar ishchi-xodim partiya safiga qabul qilinib, korxona qoshida O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Izboskanda BPTlar faoliyati samaradorligi qanday?
16.09.2020, 17:15
-
Andijon tumanida BPTlar faoliyati o‘rganildi
15.09.2020, 17:04
-
O‘zLiDeP sayyor qabulida quvalik ehtiyojmand oilaning muammosi hal etildi
08.09.2020, 17:00
-
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
07.09.2020, 14:50
-
“Premium capital group” MChJda O'zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti ochildi
04.09.2020, 15:45
Bildirilgan fikrlar
Насиба-СТМ2019-05-22 12:18:41
“Ҳар бир оила – тадбиркор” Дастури доирасида “Ҳамкор банк” туман филиалидан 700 млн. сўм миқдорида кредит олиб, ўз тадбиркорлиги тўғри йўлга қўйган хамда янги иш ўринларини яратаётган корхона рахбари Ходжанов Инамжан акага ишларида омад тилайман.