O‘zLiDeP oqoltinlik yoshlar o‘rtasida yugurish marofoni o‘tkazdi

14.05.2019, 15:05

O‘zLiDeP oqoltinlik yoshlar o‘rtasida yugurish marofoni o‘tkazdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Oqoltin tumanida “Yoshlar - sog‘lom turmush tarzi tarafdori” shiori ostida yugurish marafoni tashkil etildi. Marafon tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi, tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu marafonda qatnashgan 110 nafarga yaqin yoshlar 3 kilometrlik masofani bosib o‘tish uchun start olishdi.

Musobaqa ishtirokchilarining harakati hakamlar hay’ati tomonidan tartib-intizomga rioya qilgan holda odilona baholanib borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida Davron Qo‘shmurodov, Nozimbek Muhiddinov hamda Bobomurod Hasanovlar birinchi bo‘lib marrraga yetib kelishdi.

Qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Ismigul Xasanova va Miromgul Totoaliyevalar mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Marafon so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi yoshlar O‘zLiDeP hamda hamkor tashkilotlarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Xoljigit Ortiqboyev,

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi

 

  • Ko'rildi
    1050
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+