O‘zLiDeP 15 nafar yoshni kadrlar zaxirasiga oldi

14.05.2019, 16:01

O‘zLiDeP 15 nafar yoshni kadrlar  zaxirasiga oldi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Toshkent  davlat agrar universiteti Nukus filialida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazdi.

Unda partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari, Toshkent  davlat agrar universiteti Nukus filiali o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

 Tadbirda siyosiy jihatdan yetuk, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega faol va tashabbuskor yoshlarni tanlash hamda ularni partiya kadrlar zaxirasiga olishga alohida e’tibor qaratildi.

–Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – yosh istiqbolli kadrlarni topish, malakasini oshirish va ularni partiya tizimidagi ish o‘rinlariga jalb qilishdan iborat, – deydi  O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri A.Shrazov. – Shu bois, loyiha doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, ishbilarmon yosh kadrlar zaxirasini yaratish hamda ularni partiyamizning bo‘sh o‘rinlariga tavsiya etyapmiz.

 Tadbir so‘ngida shijoatli, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlardan 15 nafari partiya kadrlar zaxirasiga olindi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati  

  • Ko'rildi
    825
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+