Yangiqo‘rg‘ondagi 20 ta mahalliy investitsiya loyihalari O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari nazoratida

14.05.2019, 16:09

Yangiqo‘rg‘ondagi 20 ta mahalliy investitsiya loyihalari O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari nazoratida

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida har yili hududlarda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Mazkur loyihalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Namangan viloyat, tuman (shahar) Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari deputatlik nazorati faoliyatini olib bormoqda. Ayniqsa, hududlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalari ham partiya deputatlik guruhlari nazoratida bo‘lib, tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘makchi bo‘lyapti.

Bu borada Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan ham tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

 - Joriy yil yakuniga qadar Yangiqo‘rg‘on tumanida 70 ga yaqin mahalliy investitsiya loyihasi dasturga kiritilgan, – deydi O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi apparat rahbari Rustam Mirazimov.  - Mazkur loyihalarni to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha partiyamizdan saylangan 13 nafar deputatlarimiz deputatlik nazorati olib boryapti. Yaqinda tuman madaniyat va istirohat bog‘i hududida barpo etilayotgan tadbirkor Valijon Tojiboyevga tegishli 3 qavatli mexmonxona va savdo markazi qurilishi ishlar qizg‘in boshlab yuborildi. Loyihaning umumiy qiymati 2 mlrd 460 mln so‘mni tashkil qiladi. Quvonarlisi, majmua  ishga tushirilsa 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari, joriy yil tuman investitsiya dasturiga kiritilgan   “Shoxruza-Komronbek” fermer xo‘jaligining 60 sotix maydonida issiqxona barpo etilgan bo‘lib, u yerda asosan navli pomidor ko‘chatlari parvarishlanyapti. Yetishtirilgan mahsulot esa Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda. Shu kunga qadar loyiha ishlari tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan bo‘lsa, kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 1 mln. so‘m bank krediti, 1 mln. so‘m xorijiy investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Buning natijasida qo‘shimcha yana 10 ta ish o‘rni yaratiladi.

Joriy yil tuman investitsiya  dasturiga kiritilgan loyihalardan yana biri “Yangiqo‘rg‘on marvaridlari” MChJning yangi tokzor barpo etish loyihasi bo‘lib, loyiha doirasida “Jo‘ra Oxunov-Sharq yulduzi” agrofirmasi  hududida 20 gektar maydonda yangi tokzor barpo etildi. Yil yakuniga qadar maydoni 100 gektarga yetkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur tokzorda, asosan vinobop uzum navlari parvarishlanmoqda.

Ta’kidlash kerakki, hozirgacha tumandagi yigirmaga yaqin loyihalar partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan o‘rganilib, ularga yaqindan ko‘maklashilmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+