Qarshilik tadbirkor Munisa Ochilova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida qatnashadi

15.05.2019, 15:47

Qarshilik tadbirkor Munisa Ochilova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida qatnashadi

O‘zLiDeP Qarshi tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda tumanda milliy hunarmandchilik, fermerlik va mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda jonbozlik ko‘rsatgan, aholini ish bilan ta’minlashda barchaga ibrat bo‘layotgan 30 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi.

– Mazkur tanlovda ikkinchi marotaba ishtirok etyapman, – deydi “Gulshan” xususiy firmasi rahbari Munisa Ochilova. –Korxonamizni  onam Qunduz Karomova 2008 yilda yo‘lga qo‘yganlar. Hozirda 10 nafar ishchi xodim mehnat qilayotgan ushbu korxonaga o‘zim rahbarlik qilib kelyapman. Ushbu tanlovda ishtirok etib tajribali tadbirkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish orqali faoliyatimizni yanada kengaytirishni maqsad qilganman. Ushbu tanlovda birinchi o‘ringa munosib ko‘rilganimdan xursand bo‘ldim. Bu yutuqlarni qo‘lga kiritishimda korxonamizda ishlayotgan xodimlarimizning mehnati katta deb bilaman. Hozirda ishchi qizlarim bilan ushbu tanlovning viloyat bosqichida ham yuqori o‘rinni egallashga jiddiy tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari yakuniy natijalariga ko‘ra bir qator nominatsiyalar g‘olibi ham bo‘lib, ularga O’zLiDeP hamda hamkor tashkilotlarning diplom va kitoblar jamlanmasi taqdim qilindi.

Yosh tikuvchi Mohigul Qiyomova ham ushbu tanlovda ishtirok etib, katta tajribaga ega bo‘lgani va kelajakda ulkan rejalari borligini alohida e’tirof etdi.

- Onamdan tikish va to‘qish sirlarini o‘rgandim, qo‘ni-qo‘shnilarga kiyim-kechaklar tikib bera boshladim, - deydi Mohigul Qiyomova. Tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foylangan holda uch yil oldin yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib davlat ro‘yhatidan o‘tgandim. Hozirda 4 nafar ishchi qizlarim bor, buyurtma bo‘yicha kiyim-kechaklar tikamiz, shu bilan birga yigirma nafarga yaqin xotin-qizlarga tikish va to‘qish sirlarini o‘rgatib kelamiz. Kelajakda faoliyatimni yanada kengaytirish maqsadida bankdan 200 mln. so‘m imtiyozli kredit olib, xotin-qizlarga elita pardalar tikish, matolarga veshevka qadash va to‘qish sirlarini o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazi ochish niyatidaman.

To‘lqin TURDIYEV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+