O‘zLiDeP sayyor qabuli: Kosonsoy tumanidagi “Sheroziy” mahallasining 72 xonadoniga ichimlik suvi tarmog‘i tortib berildi

15.05.2019, 15:57

O‘zLiDeP sayyor qabuli: Kosonsoy tumanidagi “Sheroziy” mahallasining 72 xonadoniga ichimlik suvi tarmog‘i tortib berildi

O‘zLiDeP  Namangan viloyati Kengashi Kosonsoy tumanidagi “Sheroziy” MFY aholisi bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

Partiya deputatlik guruhi a’zolari, tegishli mas’ul mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda aholi tomonidan mahallalarning ayrim ko‘chalaridagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi sifatini yaxshilash, uy-joy bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish borasida murojaatlar qilindi.

Ushbu mahallada istiqomat qilayotgan S.Alimova “Oltin ko‘l” MFY hududidagi bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binoni ajratib berishni, u yerda tikuvchilik sexi tashkil etish istagi borligini bildirdi.

Mazkur murojaat shu joyning o‘zida o‘rganilib, tuman hokimligi bilan kelishilgan holda qarovsiz yotgan binoni S.Alimovga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ajratib berildi. Tadbirkor ushbu hudud aholisining 8 nafar yoshlarini ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, fuqaro Muxtorjon Nazarov mahallani kanalizatsiya tizimini mukammal ta’mirlash hamda ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish masalasida amaliy yordam so‘radi.

Shu mahallada yashovchi Ikromjon Xasanov mahalla hududida ichimlik suvi tarmog‘i tortish boshlangan bo‘lsada biroq oxiriga yetkazilmay qolib ketganligi bo‘yicha shikoyat qildi.

- Sayyor qabulda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etganligi sababli ko‘tarilgan masalalarning aksariyati muloqot jarayonida ijobiy yechim topildi, - deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar To‘xtasinov. Uchrashuvdan so‘ng, partiya aralashuvi bilan  deputat Zoxidjon Nuriddinov nazorati ostida Al-Farg‘oniy ko‘chasida 24 ta, Oltin Diyor ko‘chasida esa 48 ta xonadonlarga ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi   murojaatlari qanoatlantirildi. Shuningdek, Muruvat ko‘chasidagi 2,5 km. ichki yo‘llari shag‘allashtirildi.

Viloyat markazidan olis hududlarda aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazish davom etyapti, aniqlangan muammolarning ba’zilari joyida hal etilib, o‘rganish vaqt talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritilmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    973
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+