B.Alimbetova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

15.05.2019, 16:33

B.Alimbetova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining  tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

O‘zLiDeP Qonliko‘l tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda tumandagi 20 nafardan ortiq tadbirkor va fermer xotin-qizlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.  

– 2013 yilda “Xalq bank” tuman filialidan 17 mln. so‘m miqdorida kredit olib, faoliyatimizni boshlagan edik, – deydi tadbirkor B.Ayimbetova. – Korxonamizda milliy kiyim-kechaklar, quroq ko‘rpachalar va yostiqchalar buyurtma asosida tayyorlanadi. Ayni paytda korxonamizda 15 nafar kollej bitiruvchisi mehnat qilyapti. Qolaversa, 12 nafar qizni shogirdlikka olib, ularga tikish-bichish sirlarini o‘rgatyapman.

Tanlovda  birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan B.Ayimbetovadan tashqari “Tayir qaraxat” fermer xo‘jaligi rahbari G.Qalbayeva va “Qanliko‘lli Tazagul” korxonasi rahbari T.To‘remuratovalar ham partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1090
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+