Namangan shahriga 65,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritiladi

15.05.2019, 16:37

Namangan shahriga 65,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritiladi

2018-2019 yillarda Namangan shahrini kompleks rivojlantirish Dasturiga 130 ta umumiy qiymati 1 trln. 355 mlrd. 349 mln. so‘mlik loyihalar kiritildi. Mazkur loyihalar to‘liq hayotga tatbiq etilgach, 7 ming 151 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, qiymati 5 mlrd. so‘mdan ortiqni tashkil etgan
57 ta loyiha bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, 73 ta loyiha bo‘yicha “tarmoq  jadvallari” ishlab chiqilib, ularni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari biriktirildi. Ayni paytda har bir daturning bajarilishi ustidan deputatlik nazorati olib borilayotir.  

–Mazkur dasturga asosan 2018 yilda investitsiya dasturiga kiritilgan 109 ta loyihadan 60 tasini amalga oshirilishi natijasida 2 ming 67 ta  yangi ish o‘rinlari yaratildi, – deydi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Anvar Temirov. –Bu jarayonda mamlakatimizda investitsiya muhiti tobora yaxshilanib borayotgani, xorijlik investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani, soliq-bojxona imtiyozlarining berilishi investitsiya oqimini keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Namangan shahriga 5 ta xorijiy va qo‘shma korxonalar tomonidan 65,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar (shundan 54,2 mln. AQSh dollari xorijiy investitsiyalar) kiritish hisobiga 1 ming 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirga qadar 33,0 mln. AQSh dollari qiymatidagi investitsiyalar kiritilgan.

 Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    851
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+