O‘zLiDeP deputati so‘rovidan so‘ng oqdaryolik Shoxista Aynayeva uyli bo‘ldi

15.05.2019, 16:45

O‘zLiDeP deputati so‘rovidan so‘ng oqdaryolik Shoxista Aynayeva uyli bo‘ldi

O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi faollari Loyish shaharchasidagi aholi bilan bevosita muloqoti davomida ijarada yashab kelayotgan Shohista Aynayeva uyga ehtiyoji borligi haqida murojaat qildi.

- 27 yildan buyon ijarama-ijara yashayman. Ikki nafar voyaga yetgan qizlarim bor. O‘zimning uy–joyim, boshpanam bo‘lsa deyman. Agar shu masalada yordam bersangiz o‘zimni baxtiyor sanar edim, - dedi Sh.Aynayeva.

Mazkur murojaat partiya deputatlik guruhlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborildi. Xalq vakilining sa’y-harakati bilan Sh.Aynayevaga uy beriladigan bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, Oqdaryo tumanida uy-joyga muxtoj kam-ta’minlangan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida hududga qarashli Samarqand agroiqtisodiyot kolleji yotoqxonasi hokimlik balansiga o‘tkazilib, oilalar yashashi uchun qayta ta’mirlanmoqda. Ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkazilgach, partiyaga uy-joy masalasida murojaat qilgan Sh.Aynayeva mazkur xonadonlardan biriga ega bo‘ladi.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1214
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Islamov Dilshod2020-07-09 15:55:34

Men Islamov Dilshod yoshim 19 da Urgut tumanida yashayman. Meni chap ko‘zim qorachig‘i bir voqea sabab ko‘rmay qoldi.Ko‘z doktoriga borganimda menga ko‘z qorachig‘i kuyganini aytishdi.Iltimos menga yordam berishingizni so‘rayman.Bu dard bilan qanday yashash mumkin.Iltimos yordamlaringizga muxtojman.Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. +998 99 332 56 70


Мусин Амонович2019-05-21 13:12:30

...-Мен, тадбиркорлик учун бизга бириктирилган ута таъмирталаб бинони таъмирлаш учун, Миллий банкдан, 25 -30 миллион сум, -фоизсиз ёки КАМ ФОИЗли кредит ололмай оввораю сарсонман...???!! -Мархамат килиб Пария рахбар ходимлари ва хурматли депутатлардан илтимос киламан..??! -Агарда мана шу масъала ижобий хал этилса, -УзЛи Деп-даям ижобий узгариш булганига ишониб, ушбу сахифа оркали, ушбу партия рахбар ходимлари, ва халк депутатларига уз миннатдорчилигимизни билдираман..??! -дея ваъда ва кафолат бераман...??! -кани хурматли дустлар, ушбу масъалани ижобий ечимини бирга кутамиз..??


Fikringizni qoldiring

+