Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirish va subvensiyadan chiqarishning dolzarb masalalari

14.12.2017, 16:34

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirish va subvensiyadan chiqarishning dolzarb masalalari

Samarqand viloyatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Iqtisodchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida ushbu mavzuda tashkil etilgan davra suhbati o‘z yakuniga yetdi.

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan mazuga oid qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib tegishli vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlash joizki, mahalliy budjetlarning subvensiya ulushini kamaytirish va bosqichma-bosqich subvensiyadan chiqarish bo‘yicha hududiy dasturlarga kiritilgan yangi loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga joriy yilda mahalliy budjetlarga 25,3 mlrd so‘m shundan 11 oyda 20,1 mlrd. so‘m qo‘shimcha daromad tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 1 dekabr holatiga yangi loyihalar hisobidan mahalliy budjetlarga jami 20,6 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad tushirildi. O‘tgan 11 oy davomida viloyatning 9 ta subvension tumanlariga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Bulung‘ur tumanida 7,8%ga, Ishtixonda 8,6%ga, Kattaqo‘rg‘onda 7,9%ga, Qushrabot tumanida 9,4%ga, Narpayda 11,4%ga, Payariqda 13,0%ga, Paxtachida 7,3%ga, Nurobodda 15,4%ga va Tayloq tumanida 9,2%ga subvensiya ulushi qisqarganligi avvalo tadbirkorlar bilan ishlashda yuz berayotgan bir qator ijobiy o‘zgarishlarning natijasi sifatida baholandi.

Kelgusida viloyatning 5 ta tumanlarida bosqichma bosqich subvensiyalar miqdorini kamaytirish borasida ishlab chiqilgan dasturlar loyihalari ham muhokama qilindi. Xususan, 2018 yilda Nurobod, 2019 yilda Qo‘shrabod va Tayloq, 2020 yilda Bulung‘ur va 2021 yilda Narpay tumanlarini subvensiyadan chiqarish bilan bog‘liq dasturlar atroflicha muhokama qilindi, bu natijalarga chiqish imkonini beruvchi omillar sanab o‘tildi.

Viloyatda tadbirkorlikka yaratilayotgan imkoniyatlarning kengaytirish, ular tomonidan taklif etilayotgan loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash asosida 2017-2018 yilllarda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 585 ta, xizmatlar sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 2774 ta, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 934 ta investititsiya loyihalarini amalga oshirish, natijada 38 ming 332 ta ish o‘rinlari tashkil etish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Hududning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan dolzarb muammolarni hal etishga ko‘maklashish, hududning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda rivojlantirish bo‘yicha manzilli amaliy chora-tadbirlarni ijrosini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning aholi hayotining sifatiga ta’sir etish darajasini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha takliflar berildi.

Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi va qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    1976
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+