Mening oilam – mening baxtim

16.05.2019, 16:11

Mening oilam – mening baxtim

O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi “Navro‘z” MFYda joylashgan 18-sonli musiqa va san’at maktabida shu mavzuda davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning Vatan, jamiyat, oila oldidagi mas’uliyatini tobora kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

–Oila qurganimizga qirq yil bo‘ldi. Hozirga qadar turmush o‘rtog‘im bilan birga 5 nafar farzandni tarbiyalab, oliy ma’lumotli qilib o‘qitdik, – deydi “Sharq Yulduzi” mahallasida yashovchi Muhiddin Suyunov. –O‘tgan yillar davomida turmush o‘rtog‘im bilan turmushning yaxshi-yomon, unqur-chunqur yo‘llarini birgalikda bosib o‘tdik. Bugun esa ko‘rgan qiyinchiliklarimizning rohatini ko‘ryapmiz.

Tadbir davomida tumandagi namunali oila vakillari bo‘lgan M.Suyunov, N.Qo‘yliyev va O‘.Pardayevlarning hayot tarzi yig‘ilganlarga namuna sifatida ko‘rsatildi.

Tadbir so‘ngida namunali oila vakillariga partiya tuman Kengashining  esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sayfiddin RASULOV,

O‘zLiDeP Nurobod tuman

Kengashi mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    4376
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+