Iroda Sadullayeva “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Yangiariq tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

16.05.2019, 16:14

Iroda Sadullayeva “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Yangiariq tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

O‘zLiDeP Yangiariq tuman Kengashi tomonidan 15-sonli Musiqa va san’at maktabida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.  

Tanlovda ishtirokchilarning zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rni yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarayotgani, aholiga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatayotgani kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. 

–Tadbirkor ayollarimizga rag‘bat berayotgan ushbu tanlovda g‘olib bo‘lganimdan behad hursandman, – deydi tanlov g‘olibi Iroda Sadullayeva. – Bunday tadbirlar faol va tadbirkor xotin-qizlar faoliyati, ularning ilg‘or tajriba va ish usullari bilan tanishish imkonini yaratadi. Endi menga bildirilgan ishonchni oqlash uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solib, yurt taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shaman. 

Tanlovda ikkinchi o‘ringa eng namunali tadbirkor Hamida Matyakubova, uchinchi o‘ringa “Yangiariq poyafzal” oilaviy korxonasi rahbari Roxatoy Ollaberganova sazovor bo‘ldi. 

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Musharraf RAXIMOVA,

ayollar bilan ishlash

 bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Зухра2019-05-24 11:22:14

Мен хам шу танловда қатнашдим. Аёлларга бўлган эътибор, ғамхўрлик жуда яхши бўлиб, бундан ҳар бир аёл ўз хулосасини чиқариб янада олға харакатланиб ўз устида ишлаши ва замон билан ҳамнафас бўлиб яшаши лозим. Партиянинг бундай тадбирлари, учрашувлари тез-тез ўтказилиб турилади. Йилдан йилга янги ғоя ва инновацияларга бўлган талаб ошиб бормоқда партиянинг лойиҳа ва кўрик танловларида ҳам бу сезилмоқда. Партиянинг Янгиариқ туман Кенгаши томонидан "Ишбилармон аёл" кўрик танлови юқори савияда ўтказилди. Партия томнидаан ўтказилган бундай тадбирларни қўллаб-қувватлаймиз.


Fikringizni qoldiring

+