Bir kunda chekka ovuldagi 17 kishining bandligi ta’minlandi

16.05.2019, 16:32

Bir kunda chekka ovuldagi 17 kishining bandligi ta’minlandi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Faol inves­titsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Ijtimoiy rivojlanish – asosiy maqsadimiz” shiori ostida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida, birinchi navbatda,  chekka ovul fuqarolar yig‘inlarida mehnat yarmarkalari, mahalla kutubxonasi aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar uyi atrofi obodonlashtirilib, tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilayotir.

Ana shunday tadbirlarning nav­batdagisi Taxtako‘pir tumanidagi “Qara oy” ovulida tashkil qilindi. Unda partiya faollari, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, xotin-qizlar qo‘mitasi, tegishli hamkor tashkilot vakillari ishtirok bevosita etdi. Yarmarkada 21 ta korxona va tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub’ektlari 35 ta bo‘sh ish o‘rnini taqdim qilishdi.

– Asosiy maqsadimiz eng chekka hududlarda istiqomat qiladigan aholini ishli qilish, ayniqsa, ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha zarur maslahat va tavsiyalar berishdir, – deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respub­likasi Kengashi apparat rahbari Sharap Utemisov. – O‘tkazilgan yarmarkada 17 nafar fuqaroni ishga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanmalar, 20 nafariga jamoatchilik asosida ishga joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

– Taklif qilingan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdim, – dey­di “Qara oy” ovulida yashovchi ­
G. Abdijamilova. – Uyda farzand tarbiyasi bilan bo‘lib ishsiz qolib ketgandim. Yarmarka tufayli mutaxassisligim bo‘yicha Taxtako‘pir tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘limiga laborant sifatida ishga qabul qilindim.

Partiya faollari hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda yolg‘iz va kam ta’minlangan oilalardan X. Ospanova va D. Niyazimbetovalarning xonadonlarida bo‘lishdi. Uy bekalari bilan tomorqa yerlaridan unumli foydalanish bo‘yicha muloqot asnosida ularga pomidor va bodring ko‘chatlari berilib, ekishga ko‘maklashildi.

– Mahallamizda 4 376 kishi tinch-totuv turmush kechirib kelmoqda, – deydi  “Qara oy” OFY raisi D. Saytova. – Shuning ikki mingdan ziyodini xotin-qizlar va bir yarim ming nafarini yoshlar tashkil etadi. – Tumanimizda to‘qimachilik fabrikasi ishga tushirilish arafasida. Ishsiz ayollarning 160 nafari shu yerga ishga kirishni so‘rab murojaat qilgan.

Aksiya doirasida ovulda boshqa xonadonlar egalari bilan ham muloqotlar qilindi. Bunday tadbirlarni barcha qishloqlarda o‘tkazishga kelishib olishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    732
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Косыбаев Нокибай2019-05-22 15:19:15

Партиямиз фаолларига ва ходимларига рахмат. Ахоли ишончини оклаш, ишсизларнинг бандлиини таъминлаш, шу оркали моддий таъминотини яхшилаш энг долзарб вазифалардан. Ушбу хайрли ва машаккатли ишларингизда зафарлар тилайман азиз партиядошлар.


Fikringizni qoldiring

+