Piskentda kuzatuv kameralari kammi

16.05.2019, 16:41

Piskentda kuzatuv kameralari kammi

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida 2019 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining yoshlar masalalari buyicha o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i E.Elamonovning hisoboti eshitildi.

Tadbir avvalida deputatlik guruhi rahbari Sh.Rajabova nima uchun partiya faollari ayni yo‘nalishga jiddiy e’tibor qaratayotgani xususida so‘z yuritar ekan, O‘zLiDePning ijtimoiy, gumanitar, ma’naviy sohalarni rivojlantirish borasidagi vazifalari yoshlar o‘rtasida huquqbu- zarliklarning oldini olish masala­lari bilan chambarchas bog‘liq ekanini alohida takidladi.

Hisobdorning axborot berishicha, Piskent tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasida 20 nafardan ziyod ins­pektor xizmat olib boradi. Ular tomonidan joriy yilning dastlabki 3 oyi davomida 21 344 ta xonadon o‘rganilib, tumanda mavjud 43 ta’lim muassasasida (38 ta umumta’lim maktabi va 5 ta kasb-hunar kolleji) har payshanba kuni profilaktika tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinayotir. Yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning bosh omili bekorchilik ekanligidan kelib chiqib, ota-onalar va mahallalar raislari bilan birgalikda “Davomat” tadbirini sifatli va ta’sirchan tashkil etish, yoshlar- ning o‘qishga kelish va uyiga qaytishida xavfsizligini taminlash asosiy mezonlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu jarayonda 15 nafar daydilikda gumonlangan shaxslar aniqlanib, Toshkent viloyati IIBga qarashli anik q turar joyi va mashg‘ulot turiga ega bo‘lmaganlarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirildi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida ro‘yxatda turgan giyohvand, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, ijtimoiy xavfli ruhiy kasallar (jami 90 nafar) bilan tuman IIB inspektorlari doimiy ravishda profilaktik suhbatlar uyushtirishdi. Tumandagi Bekobod, Muminobod Mingtepa, Fayzobod, Taraqqiyot, Xoliqberdi, Oqtom, Saidobod, Chimqo‘rg‘on, Birlik, Yangiobod, G‘ayrat, Do‘stlik, Novkent, Zominovul singari mahallalar hududlarida umuman jinoyat sodir etilmaganini ham ijobiy ishlar samarasi sifatida baholash joiz.

Deputatlar E.Elamonovga turli savollar berar ekanlar, eng avvalo, 2019 yilning uch oyi davomida IIB va tayanch punktlariga gumondor sifatida olib kelingan shaxslardan necha foizi asosli ravishda olib kelingani bilan qiziqishdi va berilgan javobga e’tiroz bildirishdi. Guruh a’zolarining fikricha, gumondor fuqarolarning uchdan bir qismi asosli, qolgani esa asossiz ravishda olib kelingani mahalliy aholining tizimga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishi mumkin.

Jinoyatni jilovlashda kuzatuv kameralarining o‘rni juda muhim. Ammo Piskentda bugungi kunda kuzatuv kame­ralari kamligi, ularni ko‘paytirish, ayniqsa, mahallalar ichkarisidagi ko‘chalarga o‘rnatish kerakligi aytib o‘tildi. Deputat A. Umarov o‘z saylov okrugidagi ko‘chalardan biriga ikkita kuzatuv kamerasi qo‘ydirib berish taklifi bilan chiqdi. Guruhning boshqa a’zolari ham bunday tashabbusni ko‘llab-quvvatlashdi. Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari tayanch punktlari yoki IIBdan ko‘ra ko‘proq o‘ziga biriktirilgan hududda yurishi, jamoat joyida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgan fuqarolarga bayonnoma tuzishdan avval chekish uchun maxsus burchaklar tashkil etish zarurligi aytib o‘tildi. Ana shundagina tenglik bo‘lishi, fuqarolarning huquqlari kafolatlanishi ta’kidlandi.

Maktab o‘quvchilari orasida ba’zan huquqbuzarliklarning uchrab tu- rishi bilan bog‘liq holatlarga to‘liq barham berish bo‘yicha ham bir qator takliflar ilgari surildi. Bo‘linmaning joriy yil birinchi choragidagi faoliyati qoniqarli, deb topilishi barobarida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik-nuqsonlarni qisqa muddatda tugatish vazifasi qo‘yildi.

 Ozod RAJABOV,

XXI asr muxbiri

  • Ko'rildi
    1275
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+