Joriy yilda Chortoqda umumiy qiymati 265,1 mlrd. so‘mlik 65 ta loyiha amalga oshiriladi

16.05.2019, 16:47

Joriy yilda Chortoqda  umumiy qiymati 265,1 mlrd. so‘mlik 65 ta loyiha amalga oshiriladi

Chortoq tumanida 2019-2020 yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan 85 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan, sanoatda 25, xizmat ko‘rsatish sohasida 25, qishloq xo‘jaligi sohasida 35 ta loyihalar hayotga tatbiq etiladi.

Mazkur loyihalarning 3 tasi O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, 82 tasi hududiy loyihalarni tashkil etadi. Ushbu loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 1888 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2019 yil davomida 65 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, loyihalarning umumiy qiymati 265,1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda “Xanifa aya” fermer xo‘jaligi tomonidan Avstriya davlatidan 64 bosh zotli, naslli qoramollar olib kelinib, parvarishlanmoqda. Shuningdek, “Daehan Cotton Yarns” qo‘shma korxonasi tomonidan loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari hisobidan 480,0 mln. so‘m hamda 167,0 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi natijasida kalava ip ishlab chiqarish, paypoq va qo‘lqop ishlab chiqarish sexlari ishga tushirildi. Buning natijasida 54 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

–Chortoq tumani so‘lim tabiati, o‘ziga xos iqlimi bilan boshqa tumanlardan ajralib turadi. Shu boisdan tumanda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi xalq vakili Abdumutalli Mahkamov. –Mana, ayni chog‘da ham “Chortoq Resort” MChJ shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan 160 o‘rinli sanatoriya va sog‘lomlashtirish markazi, 65 o‘ringa mo‘ljallangan 4 yulduzli “Mehmonxona” bino-inshootlarini qurilish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun tumanda 10 ga yaqin sihatgoh va davolanish maskanlari faoliyat yuritmoqda. Endilikda “Sulton Uvays Karoniy”, “Sulton Said”, “Langar ota”, “Bibi Naima” va “Sadamozor” kabi ziyoratgohlarda keng qamrovli ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1486
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+