Yuksak malakali kadrlar – O’zLiDeP imijini oshiradi

15.12.2017, 08:28

Yuksak malakali kadrlar – O’zLiDeP imijini oshiradi

Davlatimiz rahbari shu yil 12 iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lgan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida siyosiy partiyalar va deputatlik guruhlari zimmasiga ulkan vazifalarni yuklagan edilar. Ana shu  vazifalar siyosiy partiyalardan ishni yangicha yo‘lga qo‘yishni taqazo etmoqda. Taraqqiyotimizning yangi bosqichidan chiqargan xulosalarimiz shunday: siyosiy partiyalar o‘z xodimlarining bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlab, malakasini doimiy ravishda oshirib borishi lozim.

O’zLiDeP ana shu talabni his etgan holda hududiy partiya tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish maqsadida siyosiy o‘quvlarni tashkil etmoqda. Yaqinda ana shunday o‘quv-seminarda partiyaning dasturiy ko‘rsatmalarini ishlab chiqish va chuqurlashtirish hamda mafkuraviy ishlar bo‘limi, siyosiy ta’lim markazi hamda matbuot xizmati xodimlari ishtirok etgan edilar. Ayni kunlarda esa O’zLiDeP hududiy Kengashlari raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbarlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlar davom etmoqda.

O‘quvda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, soliq va bojxona qo‘mitalari mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda hududiy partiya Kengashlari raisining birinchi o‘rinbosarlari – apparat rahbarlari ishtirok etmoqda.  

O‘quvda Prezidentimizning shu yil 12 iyuldagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar, Bosh qomusimiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan so‘zlagan ma’ruzasi mazmun-mohiyati keng muhokama qilinmoqda. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonunning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati, mamlakatimiz taraqqiyotining 5 ustuvor yo‘nalishi – Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha O’zLiDeP hududiy tashkilotlari tomonidan qilinayotgan ishlar keng muhokama qilinmoqda.

O‘quv-seminar 16 dekabrgacha davom etadi.

O’zLiDeP matbuot xizmati

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+