Oilaga e’tibor – elga e’tibor

17.05.2019, 17:23

Oilaga e’tibor – elga e’tibor

O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Oilaga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda joriy yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida tumanda ajralish yoqasida turgan 37 oila yarashtirilgani, 4 oila FXDYo bo‘limlari va suddan ajralish haqidagi arizasini qaytarib olgani ta’kidlandi.  

–Ajralish arafasida turgan oilalardagi muammolar, holat va vaziyatlar o‘rganilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi raisi Saodat Qoraboyeva. –Ajralishga sabab bo‘layotgan holatlar chuqur tahlil qilinyapti. Ayrim o‘rinlarda ichkilikbozlik, befarzandlik va boshqa zararli holatlar ajralish uchun sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Tadbirda uzoq yillar davomida ahil-inoq yashagan Farida va Abduraim Yusupovlar hamda Suqsuroy va Rabbimqul Ibragimovlarning hayotiy voqealarga boy suhbatlari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1335
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+