O‘zLiDeP deputati ko‘magida Pitnak shaharchasidagi “Shexlar” mahalla aholisi uchun yangi ko‘prik qurib berildi

20.05.2019, 15:03

O‘zLiDeP deputati ko‘magida Pitnak shaharchasidagi “Shexlar” mahalla aholisi uchun yangi ko‘prik qurib berildi

Xalq ishonchi-har narsadan ustun. Mazkur hikmatli iborani o‘zining kundalik hayotiy shiori deb qabul qilgan Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Ilxam Durdiyev o‘z saylov okrugidagi aholi muammolarini muntazam tinglab, ularni ijobiy hal etishni o‘zining asosiy burchi deb biladi.

Ushbu tumandagi Pitnak shaharchasi “Shexlar” mahalla aholisining ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolariga xalq vakili ko‘magida yechim topildi.

Xususan, mazkur mahalla hududini kesib o‘tuvchi “Arna” arig‘i ustiga eski qo‘lbola uslubida yog‘ochdan yasalgan ko‘prik xavfli bo‘lsada aholi vakillari foydalanishga majbur bo‘lishgan. Mazkur mahallada istiqomat qilayogan hamda ariqning narigi tomonida joylashgan umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan maktab o‘quvchilari ham qishin-yozin xatarli ko‘prik ustidan o‘tib-qaytishgan.

Ushbu holatni joyiga borib o‘rgangan deputat Ilxom Durdiyev partiya faoli Ulug‘bek Matkarimov bilan hamkorlikda “Arna” arig‘i ustiga zamonaviy ko‘rinishdagi mustahkam ko‘prik qurib berishdi. Mahalla aholisi ushbu savobli ishdan minnatdor bo‘lib, deputatga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi.

Endilikda mazkur ko‘prikdan yoshu-qari, hattoki yosh bolalar ham hech qanday xatarsiz o‘tib-qaytishlari mumkin.  

Shuningdek, deputat o‘z okrugidagi mahallalar va uning hududida joylashgan ziyoratgohlarni hashar yo‘li bilan obodonlashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Nilufar Djabbarova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1037
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+