Popdagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida bajarilishida O‘zLiDeP deputatlari nazorat olib boradi

20.05.2019, 16:09

Popdagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida bajarilishida O‘zLiDeP deputatlari nazorat olib boradi

2019-2020 yillarda Pop tumanida 149 ta yirik va o‘rta loyihalar amalga oshiriladi. Umumiy qiymati 1 trln. 279 mlrd. 981 mln. so‘mlik loyihalar natijasida 2 ming 959 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning birinchi choragi davomida tumanda “YOUCHENG GROUP”, “ROOT STEM”, “AZIZBEK EUN KYEONG”, “GUBKIN CENTRE NAMANGAN” kabi 5 ta korxona tashkil etilgan.  

–Hududimizda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan deputatlik nazorati olib borish barobarida, fikr-mulohazalarimizni bildiryapmiz, loyihalar ijrosiga ko‘mak beryapmiz, – deydi xalq vakili Gulbahor Qurorlova. – Chunki joriy yilda tumanimizda hayotga tatbiq etilishi rejalashtirilgan 119 ta loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

G.Qurorlovaning qo‘shimcha qilishicha, tumanda shuningdek, kichik sanoat zonalari tashkil etish bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, “Mirishkor” MFY hududidagi tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan 2 gektarlik bo‘sh maydonda kichik sanoat zonasi tashkil etish bo‘yicha taklif tayyorlanib, tegishli tashkilotlarga kiritilgan.

Bugun tadbirkorlar uchun barcha infratuzilmalarga ega mazkur hududga salohiyatli tadbirkorni jalb etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    744
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+