Samarqandda O‘zLiDeP a’zolari soni 100 mingga yetkaziladi

20.05.2019, 16:27

Samarqandda O‘zLiDeP a’zolari soni 100 mingga yetkaziladi

Samarqandda O‘zLiDeP a’zolari soni 90 mingdan oshdi. Joylarda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilish, ayniqsa, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlardagi saylovlarda munosib ishtirok etishda boshlang‘ich partiya tashkilotlarning munosib hissasi bor.

Shu sababli, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi a’zolar sonini 100 mingga yetkazishni maqsad qilgan. Bu borada viloyat miqyosida partiya aksiyasi tashkil qilindi.

Ushbu aksiya doirasida partiya faollari tomonidan Oqdaryo tumanidagi “Zarafshon tekstel Loyish-2” tikuvchilik fabrikasida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Unda partiyaning maqsad va vazifalari, keyingi yillarda yurtimizda tadbirkorlik sohasining rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek, “Har bir oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, amaliy ishlar borasida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tikuvchilik korxonasida 400 nafar ishchi xodim mehnat qilib, 30 turdan ortiq keyim-kechaklar ishlab chiqariladi. Korxona mahsulotlarining 90 foizdan ortig‘i chetga eksport qilinmoqda. Targ‘ibot-tashviqot tadbirlari natijasida 100 nafar ishchi-xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    255
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-05-20 19:36:14

Партия аъзолари сонинг ошиши партиямиз ғоя ва мақсадларининг кенг халқ оммаси ичига янада кенгроқ кириб бориши, пировардида партиямизнинг жамият ва давлат бошқарувида роли ва ўрнинг ортишига сабаб бўлади деб ўйлайман.


Fikringizni qoldiring

+