O‘zLiDeP deputati so‘rovidan so‘ng Yangihayotga yangi ko‘prik qurildi

20.05.2019, 17:07

O‘zLiDeP deputati so‘rovidan so‘ng Yangihayotga yangi ko‘prik qurildi

Bugungi kunda O‘zLiDeP Jizzax viloyat, tuman(shahar) Kengashlari, partiya deputatlik guruhlari, partiya faollaridan tarkib topgan ishchi guruh a’zolarining joylarda uyma-uy yurib, aholi bilan qilgan muloqotlari davomida aniqlangan muammolar hamda partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlar murojaatlari partiyaviy vositalar orqali hal etish chora-tadbirlari ko‘rilayotganligi saylovchilarning partiyaga bo‘lgan ishonchi yanada ortishiga zamin yaratmoqda.

Masalan, O‘zLiDeP Arnasoy tuman Kengashi vakillari o‘tgan vaqt davomida 1218 ta xonadonda aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, 14 nafar fuqaroga o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklaridan kredit olishda, 17 nafar fuqaroni esa ish bilan ta’minlashda ko‘maklashdi.

Eng muhimi, ishchi guruh a’zolari tomonidan joylarda bir necha yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan muammolarga ham yechim topildi. “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Yangihayot ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda, ular bir necha yillardan buyon  tuman markazi bilan bog‘lab turuvchi qisqa yo‘lda piyodalar o‘tishi uchun ko‘prik yo‘qligi, odamlar vaqt va mablag‘ sarflab aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur bo‘lishayotgani borasida murojaat qilishgan edi.

Aholi vakillari ushbu masala bilan ko‘plab tegishli tashkilot va muassasalarga murojaat qilishgan bo‘lsada, muammo hal etilmasdan qolib ketavergan. Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi Gulmira Zoidova mazkur muammo bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga bir necha marta deputatlik so‘rovlari bilan chiqib, muammoga ijobiy yechim topishga astoydil harakat qildi. Va nihoyat deputatning faolligi sababli may oyining boshida qurilgan ko‘prik yangihayotliklarning uzog‘ini yaqin qildi.

                                                     SAIDA UMARALIYEVA

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1155
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+