O‘zLiDeP jomboylik O.Toshqulovaga tadbirkorligini boshlashiga ko‘maklashdi

20.05.2019, 17:10

O‘zLiDeP jomboylik O.Toshqulovaga tadbirkorligini boshlashiga ko‘maklashdi

Orzigul Toshqulova kollejda o‘qib yurgan kezlari sartaroshlikni ham puxta o‘rgandi. Institutga bir necha bor hujjat topshirib, omadi chopmagach, ko‘p yillar ayollar go‘zallik salonlarida sartarosh bo‘lib ishladi. Ammo topgan puli yeyish-ichish, keyim-kechakdan ortmagach,   mustaqil tadbirkor bo‘lishga qaror qildi.

Shu maqsadda joriy yilning mart oyida kredit olishda ko‘mak  so‘rab O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashiga bordi. Partiya tuman Kengashi apparat rahbari Zebo Yusupovaga unga “Har bir oila – tadbirkor”, ”Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlar haqida ma’lumotlar berdi. Sohada yaratilayotgan qulayliklardan xabarbor qilib, hujjatlar tayyorlashda ko‘maklashdi.

–To‘g‘risi, faoliyatimni bu qadar tez boshlayman deb, o‘ylamagan edim. O‘zLiDeP vakillariga rahmat, ularning ko‘magi bilan ko‘p yillik muammoyim hal bo‘ldi. Ular mening kredit olib, biznesimni boshlashimda o‘z yordamlarini ayamadilar. Partiya ko‘magida 30 mln. so‘m kredit olib, go‘zallik saloni ochdim, – deydi O.Toshqulova.

Darvoqe, Orzigul ko‘p yillardan buyon ushalmay yurgan orzusini amalga oshirishda ko‘mak bergani uchun hayotini O’zLiDeP bilan bog‘lash niyatida. U partiyaga a’zo bo‘lish uchun hujjat topshirgan.

Baxtigul QARShIYEVA,

O’zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    858
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+