O‘zLiDeP deputati Tal’at Usmonov jizzaxlik yoshlarga 400 dan ortiq kitoblar sovg‘a qildi

21.05.2019, 10:37

O‘zLiDeP deputati Tal’at Usmonov jizzaxlik yoshlarga 400 dan ortiq kitoblar sovg‘a qildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi vakillari va xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Tal’at Usmonov Jizzax shahridagi 10-, 14-, 16-, 29-umumta’lim maktablarida bo‘lib, o‘quvchilar bilan qiziqarli suhbat qurdi.

Uchrashuvlar davomida ta’lim muassasalariga 400 dan ziyod kitoblar, turli o‘quv qurollari sovg‘a qilindi. Shu kuni o‘quvchilar partiya maqsad va vazifalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun hayotda va o‘qishda kerakli maslahatlarni oldi.

– Prezidentimiz joriy yil 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etishda kitobxonlik targ‘ibotiga bejiz alohida urg‘u bermadi, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi T.Usmonov. – Chunki kitob insonning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch, insoniyatning tarixiy xotirasi, kelajak yo‘llarini yorqin ko‘rsatib berishga qodir mash’aladir. Kitobxonlik esa kitob mutolaa qilish, kitobning mag‘zini chaqa bilish, undan xulosa chiqarish demak.

Tadbirda “Mo‘yqalamda yurtim jamoli” ko‘rgazmasida faol ishtirok etgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Olim NORJIGITOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1023
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+