O‘zLiDeP mirakilik tadbirkorga yer olib berishda ko‘maklashdi

21.05.2019, 15:50

O‘zLiDeP mirakilik tadbirkorga yer olib berishda ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat, tuman (shahar) Kengashlari, partiya deputatlik guruhlari, partiya faollaridan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari joylarda uyma-uy yurib, aholi bilan qilgan muloqotlari davomida partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlardan ham bir qator murojaatlar kelib tushgan edi.

Partiya ishchi guruhlari aholi bilan muloqotlari davomida Shahrisabz tumani Miraki shaharchasida yashovchi tadbirkor Muzrob Jalilov o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida yer olishda ancha qiyinchilikka duch kelayotganligi borasida murojaat qildi.

– Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratib berilgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda xonadonimizda turli kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tikuv sexi tashkil etgan edik, - deydi tadbirkor Muzrob Jalilov. – Dastlab, mahsulotlarimizni hududimizdagi do‘konlarga sota boshladik. Asta-sekinlik bilan mahsulotlarimizga talab osha boshladi. Tumanimizdagi davlat tashkilotlaridan ham maxsus kiyimlar tikib berish bo‘yicha buyurtmalar kela boshlagach, Xitoy davlatidan 98 million so‘mlik zamonaviy tikuv mashinalari keltirdik. Faoliyatimizni kengaytirish maqsadida tumanimizda bo‘sh turgan  2 sotix yer maydonida yangi tikuvchilik sexini tashkil qilishni maqsad qilgan edik. Bu bo‘yicha tuman hokimligiga bir necha bor murojaat qildik, lekin hech bir natija bo‘lmadi. Buyurtmalarimiz ko‘payib ketgan, bundan tashqari xarid qilingan tikuv mashinalarimiz ishlamasdan turibdi. Bu esa bizning zararamizga ishlamoqda.

Partiya vakillari va deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tadbirkor Muzrob Jalilovning ushbu murojaati bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Tadbirkorning yer olish borasida qilgan murojaati partiya orqali ijobiy yechim topildi.

– Biz tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab mushkulimizni oson qilgan partiya vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi tadbirkor Muzrob Jalilov. – Biz ko‘p vaqtimizni yo‘qotdik. Shu sababli, tikuv seximizni qurish ishlarini tezlashtirib yubordik. O‘zLiDePga bo‘lgan ishonchim yanada ortganligi uchun partiya a’zoligini qabul qildim.   

To‘lqin Turdiyev,

 O‘zLiDeP Qashqadaryo

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    860
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+